«Manchester Siti» Bernardu Silvaga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66099

«Komo» klubi yarim himoyachisi Nikolas Pas faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Sportsboom nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, yosh argentinalik futbolchining transferiga «Manchester Siti» qiziqish bildirmoqda. «Shaharliklar» Pasni Bernardu Silvaning o'rinbosari sifatida ko'rishmoqda. Katta ehtimol bilan Silva shu yozda Manchester klubini tark etadi, chunki uning shartnomasi yakuniga etmoqda va tomonlar yangi kelishuv borasida muzokaralar olib borishmayapti.
Nikolas Pas 2024 yilda «Real»dan «Komo»ga 6 million evro evaziga o'tgan edi. Uning italyan klubi bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali argentinalik futbolchining bozor qiymatini 65 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
223