Boks. O'zbekiston litsenzion musobaqada 1-o'rinni egalladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 396

Iordaniyaning Amman shahrida o'tkazilgan Osiyo/Okeaniya mintaqasi bo'yicha Tokio-2020 litsenzion musobaqasi yakunlandi. O'zbekiston erkaklar delegatsiyasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.
Terma jamoamizning 3 nafar a'zosi — Mirazizbek Mirzaxalilov (57 kg.), Elnur Abduraimov (63 kg.) va Bahodir Jalolov (+91 kg.) chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, Shahobiddin Zoirov (52 kg.), Bobousmon Baturov (69 kg.) va Sanjar Tursunov (91 kg.) bronza medallari bilan qaytadigan bo'lishdi.
Qozog'iston esa litsenzion turnirda 2ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida 2-o'rinni egalladi.
Iordaniyaga esa kuchli uchlikka kirdi: 1ta oltin, 1ta kumush va 3ta bronza.
Tokio-2020 saralash musobaqasi medallar jadvali:
1. O'zbekiston — 3-0-3 (6)
2. Qozog'iston — 2-2-3 (7)
3. Iordaniya — 1-1-3 (5)
4. Xitoy — 1-0-2 (3)
5. Filippin — 1-0-0 (1)
6. Avstraliya — 0-3-0 (3)
7. Hindiston — 0-1-3 (4)
8. Tailand — 0-1-0 (1)
9. Vetnam — 0-0-1 (1)
10. Mo'g'uliston — 0-0-1 (1).

Bosh sahifaga
286