Boks. Bahodir Jalolov litsenzion musobaqani ham o'ziniki qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 409

Iordaniyaning Amman shahrida o'tkazilgan Osiyo/Okeaniya mintaqasi bo'yicha Tokio-2020 litsenzion musobaqasi yakunlandi. So'nggi jang eng og'ir vazndagi bokschilar o'rtasida bo'lib o'tdi.
91 kg.dan og'ir vaznda amaldagi jahon chempioni Bahodir Jalolov avstraliyalik Jastis Xaniga qarshi ringga ko'tarildi. Hamyurtimiz raqibga deyarli hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Jalolov ortiqcha muammosiz jangni o'z foydasiga hal qildi — 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 29:28).
Shu tariqa, uchinchi bokschimiz Ammandagi litsenzion musobaqada oltin medalga sazovor bo'ldi. Shuningdek, uch nafar vakilimiz turnirda bronza medaliga ega bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266