Boks. Mirzaxalilov litsenzion musobaqada g'olib chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 378

O'tgan yili Ekaterinburgda o'tkazilgan jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan Mirazizbek Mirzaxalilov Osiyo/Okeaniya mintaqasi bo'yicha Tokio-2020 litsenzion musobaqa chempioniga aylandi.
57 kg. vaznda ishtirok etgan hamyurtimiz Ammandagi turnir finalida mezbon jamoa vakili Muhammad al-Vadiyga qarshi ringga ko'tarildi. Mirazizbek barcha raundlarda to'la ustunlikka erishdi hamda hakamlarning yakdil fikri bilan g'alabani qo'lga kiritdi — 5:0 (30:27, 29:28, 30:27, 29:28, 30:27).
Shu tariqa, litsenzion musobaqada O'zbekiston hisobiga dastlabki oltin medal yozildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257