La Liga butunlay to'xtatilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 430

Ispaniya La ligasi va Segunda to'xtatib qo'yilishi mumkin, agar Ispaniya sog'liqni saqlash vazirligi va hukumat shunday qarorga kelsa.
"Cadena SER" tarqatgan xabarga ko'ra, Ispaniya futbol federatsiyasi musobaqalarni to'xtatib qo'yishga moyillik bildirmoqda. Tashkilot bugun La liga rahbariyati va Ispaniya futbolchilar assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashib, ushbu masalani muhokama qiladi.
La liga va Segundaning ba'zi klublari va ba'zi o'yinchilar navbatdagi 2ta turni muxlislarsiz o'tkazgandan ko'ra, ularni boshqa muddatda muxlislar bilan o'tkazish g'oyasini ilgari surishdi.
Ispaniyada koronavirusga chalinganlar soni ikki mingdan oshib ketdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255