"Bavariya" EChLdagi muhim o'yinda 16 yoshli darvozabonga ishonishga majbur bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 805

«Bavariya» Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Atalanta»ga qarshi javob uchrashuviga 16 yoshli darvozabon bilan chiqishi mumkin.
Myunxenliklarning asosiy darvozaboni va sardori Manuel Noyer boldir mushagi yirtilishidan keyin tiklanish jarayonini o'tamoqda, Yonas Urbig esa «Atalanta» bilan bo'lgan ilk o'yinda (6:1) bosh miya chayqalishi jarohatini oldi. Bundan tashqari, Sven Ulrayx Germaniya chempionati doirasidagi «Bayer»ga qarshi bahsda (1:1) son mushagini shikastlab olgan.
AP nashri xabar berishicha, agar ularning hech biri 18 martga qadar sog'ayishga ulgurmasa, asosiy tarkibda so'nggi ikki o'yinda zaxiradan joy olgan 16 yoshli Leonard Preskott paydo bo'lishi mumkin. Preskott Nyu-Yorkda tug'ilgan va faoliyatini «Union»da boshlagan, «Bavariya» akademiyasiga esa 2023 yilda o'tgan.
Yana bir variant sifatida 19 yoshli Yannis Bartl ko'rilmoqda. U Leon Klanatsning jarohatidan so'ng myunxenliklarning zaxira jamoasida to'p surmoqda. Bartl joriy mavsumda Bundesliga doirasida ikki bor asosiy jamoa qaydnomasiga kiritilgan.

Bosh sahifaga
183