Xoland "Manchester Siti"ni qachon tark etishini hal qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 254

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland yaqin kelajakda klubini o'zgartirishi mumkin.
El Nacional nashriga tayanib Transfer News Live xabar berishicha, norvegiyalik futbolchi 2027 yilning yozida jamoadan ketish niyati borligi haqida «shaharliklar» rahbariyatini allaqachon ogohlantirgan. Shu bilan birga, manbaning ta'kidlashicha, forvard kelayotgan yozda jamoani aniq tark etmaydi — u Angliyada yana bir mavsum qoladi.
Erling Xoland uchun asosiy da'vogar sifatida Madridning «Real» klubi tilga olinmoqda, shuningdek, mish-mishlarga ko'ra, «Barselona» ham yulduz futbolchini qo'lga kiritishni orzu qilmoqda. Transfermarkt portali ekspertlari 25 yoshli futbolchining qiymatini 200 million evroga baholamoqda, uning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2034 yilgacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
200