Flik Gvardiolaning "Barselona"dagi rekordiga juda yaqin keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 214
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Xosep Gvardiolaning rekordini takrorlashga bir qadam qoldi.
Yakshanba kuni «ko'k-anorranglilar» «Sevilya»ni tor-mor etishdi (5:2) — bu La Liga doirasida o'z maydonida qo'lga kiritilgan ketma-ket 14-g'alaba bo'ldi. Squawka'ning xabar berishicha, bu Kataloniya grandining 21 asrdagi o'z uyida qayd etgan ikkinchi eng uzoq davom etgan g'alabali seriyasidir. Klubning zamonaviy rekordi 2010/11 yilgi mavsumda Xosep Gvardiola davrida o'rnatilgan bo'lib, o'shanda ketma-ket 15 ta g'alaba qayd etilgan edi.
22 mart kuni «Barselona» o'z maydonida «Rayo Valekano»ni qabul qiladi. Bungacha esa (18 mart) Flik shogirdlari Chempionlar ligasi doirasida uyda «Nyukasl»ga qarshi bahs olib borishadi.

Bosh sahifaga
183