"Inter" Dyumfris bo'yicha qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10

Milanning «Inter» klubi o'ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfrisni jamoada olib qolish niyatida.
29 yoshli niderlandiyalik futbolchining amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o'rtalarida yakuniga etadi, biroq «neradzurri» rahbariyati kelishuvni yana bir yilga uzaytirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Tuttomercatoweb. Kelishuv imzolangan taqdirda, futbolchining yillik maoshi 4 million evrodan 5 million evrogacha ko'tariladi.
Denzel Dyumfris 2021 yilning avgustidan buyon «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda lateral Milan grandining barcha musobaqalardagi 19 ta o'yinida ishtirok etib, o'z hisobiga uchta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Aprel oyida futbolchi 30 yoshga to'ladi, yaqindagina u jarohatidan forig' bo'lib maydonga qaytdi.

Bosh sahifaga
206