Deku Xavining Laportaga qarshi gaplariga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5

«Barselona» sport direktori Deku Xavi Ernandes va Joan Laporta o'rtasidagi adovat borasida o'z fikrini bildirdi.
«Ko'k-anorranglilar»ning sobiq ustozi Kataloniya klubi prezidenti saylovi oldidan Laportaga qarshi chiqqan edi. Ma'lumki, Xavi rahbarlik lavozimiga nomzod bo'lgan yana bir shaxs — Viktor Fontni qo'llab-quvvatlagan.
«Xavi — mening qadrli do'stim, biz birgalikda jiddiy muvaffaqiyatlarga erishganmiz. Men unga katta hurmat bilan qarayman. U «Barselona»ning bir qismi bo'lib qoladi va o'z shaxsiy fikriga ega bo'lishga to'la haqli», — deya BarcaTimes Dekuning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Joan Laporta 2031 yilga qadar «Barselona» prezidenti bo'lib qoladi — u yakshanba kuni bo'lib o'tgan saylovlarda g'alaba qozondi.

Bosh sahifaga
203