19 yoshli vingerga Evropa grandlari orasida talab katta
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19200

«Kyoln» futbolchisi Said el-Mala ko'plab Evropa grandlarining e'tiboriga tushdi.
19 yoshli vingerga eng katta qiziqish Angliya Premer-ligasi jamoalari tomonidan bo'lmoqda: unga «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Manchester Siti», «Nyukasl» va «Tottenxem» da'vogarlik qilmoqda. Shuningdek, istiqbolli nemis futbolchisi «Barselona»ni ham qiziqtirib qolgan, deb xabar beradi Transfer News Live nashri Daily Briefing'ga tayanib. Mashhur Transfermarkt portalida o'yinchining narxi 40 mln evro deb baholangan.
Said el-Mala Bundesliganing joriy mavsumida o'tkazilgan 26 ta o'yinda 9 ta gol va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Chiqib kelayotgan yulduzning «Kyoln» bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.

Bosh sahifaga
200