Frantsiya liga kubogi, final. «PSJ» - «Lion» o'yini boshqa muddatga qoldirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 272

Frantsiya liga kubogi doirasida «PSJ» va «Lion» jamoalari o'rtasidagi final o'yini koronavirus tufayli boshqa muddatga qoldirildi. Bu haqda Le Parisien xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, Frantsiya professional futbol ligasi dastlab o'yinni muxlislarsiz o'tkazish variantini taklif qildi. Ammo aslida 4 aprel kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan uchrashuvni jamoalar ishqibozlarsiz o'tkazishni istashmadi. Shu bois, final uchrashuvi keyinroqqa qoldirildi.
"PSJ" finalgacha bo'lgan yo'lda "Le-Man" (4:1), "Sent-Eten" (6:1) va "Reyms" (3:0)ni mag'lub etdi.
"Lion" esa "Tuluza" (4:1), "Brest" (3:1) va "Lill" (2:2, penaltilar bo'yicha - 4:3)ni musobaqadan chiqarib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257