APL. «MYu» «Aston Villa»ni mag'lub etib, uchinchi o'rinni mustahkamladi, kunning yana ikki o'yinida nursiz durang qayd etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

«Manchester Yunayted» o'z maydonida APLning 30-turi doirasida «Aston Villa»ni mag'lub etdi — 3:1.
Mezbonlar safida gollarni Kazemiro (53-daqiqa), Mateus Kunya (71) va Benyamin Sheshko (81) kiritishdi. Mehmonlarning yagona javob to'piga Ross Barkli (64) mualliflik qildi.
«Manchester Yunayted» (54 ochko) APL turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. «Aston Villa» (51) qatorasiga uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi va to'rtinchi pog'onada bormoqda.
Parallel ravishda kechgan bahsda «Nottingem Forest» va «Fulxem» jamoalari durang o'ynashdi — 0:0.
Angliya Premer-ligasi. 30-tur
15.03.2026 | 19:00
«Old Trafford», Manchester
«MANChESTER YuNAYTED» — «ASTON VILLA» — 3:1
Gollar: Kazemiro 53 (1:0), Barkli 64 (1:1), Mateus Kunya 71 (2:1), Benyamin Sheshko 81 (3:1).
«Manchester Yunayted»: Lammens, Shou, Maguayr, Yoro, Dalot, Maynu, Kazemiro (Ugarte, 90), Kunya, Brunu Fernandesh, Diallo, Mbemo (Sheshko, 75).
«Aston Villa»: Martines, Din (Matsen, 82), Mings, Konsa, Bogard, Barkli (Duglas Luis, 82), Onana, Buendiya (Garsiya, 86), Makginn (Beyli, 61), Rodjers, Uotkins (Abraxam, 60).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (60), Yoro (72), Maguayr (90) — Uotkins (41), Buendiya (69).
Angliya Premer-ligasi. 30-tur
15.03.2026 | 19:00
«City Ground», Nottingem
«NOTTINGEM FOREST» — «FULXEM» — 0:0
«Nottingem Forest»: Sels, Uilyams, Murilo, Milenkovich, Ayna, Anderson (Makeyti, 88), Sangare, Gibbs-Uayt (Yeyts, 74), Dominges (Ndoy, 46), Xadson-Odoi (Xatchinson, 46), Igor Jezus (Avoniyi, 63).
«Fulxem»: Leno, Robinson, Bassi, Andersen, Tete, Berge (Kerni, 79), Ivobi, Bobb (Chukvueze, 63), King (Lukich, 63), Uilson (Sessenon, 90), Ximenes (Rodrigu Munis, 62).
Ogohlantirishlar: Uilyams (18), Anderson (45) — Berge (32), Robinson (61), Andersen (75).
Angliya Premer-ligasi. 30-tur
15.03.2026 | 19:00
«Selxerst Park», London
«KRISTAL PELAS» — «LIDS» — 0:0
Amalga oshirilmagan penalti: Kalvert-Lyuin 45 («Lids»).
«Kristal Pelas»: Benites, Kanvo (Kamada, 80), Lakrua, Richards, Mitchell, Lerma, Xyuz (Uorton, 60), Djonson (Pino, 80), Gessan, Sarr, Strann Larsen (Mateta, 60).
«Lids»: Darlou, Streyk, Biyol, Rodon, Gudmundsson, Shtax, Ampadu, Djastin, Aaronson (Bogl, 46), Nmecha (Gruev, 46), Kalvert-Lyuin.
Ogohlantirishlar: Xyuz (44), Djonson (55) — Gudmundsson (26), Biyol (31).
Chetlatish: Gudmundsson 45 (ikkinchi sariq, «Lids»).

Bosh sahifaga
178