"Chelsi"ning sobiq futbolchisi qiyin ahvolida ham jamoasiga yordam bergan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1107

"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Maykl Dyuberri 1998 yili kubok egalari kubogi turnirida "Shtutgart" jamoasiga qarshi o'ynashi kerak edi va Dyuberi asosiy tarkib o'yinchisi deb hisoblangan.
Ammo o'yin arafasida u yuz falajiga uchragandi. "Men atigi 21 yoshda edim va juda qo'rqardim. Bu finaldan ikki hafta oldin sodir bo'ldi.
Shifokorlar menga falajga chalinganimni aytishdi. O'sha paytda men juda yaxshi formada edim, istiqbolli yosh o'yinchi deb hisoblanardim va shu sababli kareramni yo'qotishni istamasdim.
Lekin oxir-oqibat men finalda o'ynadim, Zola g'alaba golini urdi va biz g'alaba qozondik. Bu muvaffaqiyat mening faoliyatimdagi eng yorqin xotiralardan biriga aylandi", dedi sobiq futbolchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
163