Ter Shtegen «Barselona» prezidentlik saylovida ovoz bera olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2212

«Barselona» darvozaboni va jamoaning sobiq sardori Mark-Andre ter Shtegen klub prezidenti saylovida ovoz bera olmadi. U saylovchilar ro'yxatidan joy olmagan.
Bugun Kataloniyada «Barselona» prezidenti saylovi bo'lib o'tmoqda. Unda klubning amaldagi rahbari Joan Laporta hamda Ektor Fort asosiy nomzodlar sifatida qatnashmoqda.
Saylovda ishtirok etganlar orasida kataloniyaliklarning sobiq futbolchilari Serxio Buskets va Xavi, shuningdek klubning sobiq prezidenti Xosep Mariya Bartomeu ham ko'ringan.
Ayni paytda Ter Shtegen «Jirona» klubida ijara asosida to'p surmoqda. Darvozabon hozirda son orqa mushaklari jarohatidan tiklanish jarayonini o'tamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
159