Arbeloa Gyulerning 68 metrdan kiritgan goliga munosabat bildirdi (Video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 576

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liganing 28-turidan o'rin olgan «Elche»ga qarshi o'yinda Arda Gyuler tomonidan urilgan ajoyib golga izoh berdi.
Madrid klubining yosh yarim himoyachisi uchrashuvning eng yorqin vaziyatlaridan birida faol ishtirok etdi. Gyuler deyarli o'z maydoni tomonidan yo'llagan zarbasi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi — to'p taxminan 68 metr masofadan darvozaga borib tushdi.
O'yindan so'ng «qaymoqranglilar» ustozi ushbu vaziyat bahsning haqiqiy bezagiga aylanganini tan oldi.
«Atrofdagi hammaning o'z ko'zlariga ishonmay, qo'llarini ko'targanini ko'rdim. Taxminan 70 metrlardan bunday gol urish — bu shunchaki aql bovar qilmas holat. Bunday gollar uchun stadionga chipta sotib olish arziydi», — deya ta'kidladi Arbeloa.
Uchrashuv 15 martga o'tar kechasi «Santyago Bernabeu» stadionida bo'lib o'tdi. Madrid klubi o'yinni ishonchli g'alaba — 4:1 hisobi bilan yakunlashga muvaffaq bo'ldi.
Arda Güler is out of this world ???? What a goal! We’re coming for the Champions League and La Liga. You better get ready
pic.twitter.com/tJSHVkqeQw

Bosh sahifaga
182