Arbeloa shogirdlarining "Elche" ustidan qozongan g'alabasiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 500

Ispaniya La Ligasining 28-turi doirasida Madridning «Real» klubi o'z maydonida «Elche»ni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. «Qirollik klubi» ustozi Alvaro Arbeloa ushbu uchrashuvdan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.
«Qanday ajoyib kecha! Yigitlar bilan faxrlanaman, o'yindan mamnunman», — deyiladi bosh murabbiyning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.
«Qaymoqranglilar» 66 ochko jamg'arib, La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Arbeloa shogirdlari peshqadam «Barselona»dan bir ochkoga ortda qolmoqda, biroq «ko'k-anorranglilar» ixtiyorida yana bitta zaxira o'yini mavjud.
La Ligadagi navbatdagi bahsni «Real» o'z uyida «Atletiko»ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
168