Dyokeresh: "Maks Douman — aql bovar qilmas futbolchi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh jamoaning 16 yoshli vingeri Maks Doumanning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Maks Douman — aql bovar qilmas darajada. Uning qanday o'ynashini ko'rib turibsiz. To'pni qabul qilib olganda, u har doim xotirjam va ortiqcha hayajonsiz harakat qiladi. Bu har doim to'g'ri qaror qabul qilishga intiladigan ajoyib futbolchi. Biz uni qo'llab-quvvatlaymiz», — deya Dyokereshning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Douman — «Arsenal» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda vinger asosiy jamoa safida ettita uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Doumanning transfer qiymatini 20 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
164