Gyuler «Manchester Siti» bilan bo'lajak bahsda ustunlikni saqlab qolish uchun nimalar qilish kerakligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 430

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvi haqida o'z fikrini bildirdi.
«Santyago Bernabeu»da bo'lib o'tgan ilk to'qnashuvda Alvaro Arbeloa jamoasi 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Seshanba kuni, 17 martda «shaharliklar» o'z maydonlarida ushbu farqni yo'qqa chiqarishga harakat qilib ko'rishadi.
«Siti» bilan javob o'yini? Biz ilk daqiqalardan boshlab bor kuchimizni ko'rsatishimiz va o'z uyimizdagi birinchi uchrashuvda qo'lga kiritgan ustunligimizdan foydalanishimiz kerak», – deya javob berdi Gyuler La Ligada «Elche» ustidan qozonilgan g'alabadan (4:1) keyin bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175