APL klubi «Inter»ning istiqbolli hujumchisiga xaridor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

«Inter» hujumchisi Franchesko Pio Espozito Angliya Premer-ligasi vakillarining e'tiborini tortdi.
Shanba kuni Milan grandining «Atalanta»ga qarshi kechgan bahsida «Nyukasl» skauti ishtirok etdi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, «qarg'alar» hujumchi Espozitoga qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, manbaning qayd etishicha, APL klubi bergamoliklar himoyachisi Jorjo Skalvinini ham kuzatmoqda.
20 yoshli Espozito «Atalanta» bilan uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol qildi, biroq bu uning jamoasiga g'alaba qozonish uchun yordam bermadi — 1:1. Mehmonlar bahs yakunida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi.
Transfermarkt portali «Inter»ning istiqbolli futbolchisi Espozitoni 35 mln evroga, 22 yoshli Skalvinini esa 25 mln evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
203