«Sevilya»ning ayrim futbolchilari koronavirus tufayli «Roma» bilan o'ynashni istashmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 267

Evropa Ligasi 1/8 finali "Sevilya" - "Roma" uchrashuvi bo'lib o'tmasligi mumkin, chunki Ispaniya klubining ba'zi futbolchilari koronavirus infektsiyasidan qo'rqib, ushbu uchrashuvda o'ynashni istashmayapti.
"Sevilya" futbolchilari ushbu masalada klub rahbariyatiga murojaat bilan chiqishgan, deya xabar beradi Calciomercato nashri.
Avvalroq koronavirus tarqalish xavfi tufayli "Sevilya" va "Roma" o'rtasidagi o'yin tomoshabinlarsiz bo'lib o'tishi ma'lum bo'lgan edi.
Manba: CalciomercatoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277