Arbeloa: "Bizga Mbappe kerak, lekin..."
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hujumchi Kilian Mbappening holati haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Shanba kuni frantsiyalik futbolchi jarohati sababli navbatdagi o'yinni o'tkazib yubordi. «Qaymoqranglilar» o'zlarining eng yaxshi to'purarisiz ham «Elche» to'sig'idan muvaffaqiyatli o'tishdi — 4:1.
«Bizga Mbappe kerak. U qaytganidan keyin ham hozir gol urayotgan futbolchilar sermahsullikni davom ettirishlari muhim. Biz bu yondashuvni Mbappe tarkibda bo'lgan vaqtda ham saqlab qolishimiz lozim.
Ertaga mashg'ulot jarayonida Kilianning holatini baholaymiz. Men u bilan gaplashib ko'raman va o'zini qanday his qilayotganini bilib olaman», — deya Madrid Universal Arbeloaning so'zlarini keltiradi.

Bosh sahifaga
184