Gyuler o'z maydonidan turib urgan goli haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler La Liga doirasida «Elche»ga qarshi kechgan bahsda (4:1) aql bovar qilmas gol muallifiga aylandi.
21 yoshli futbolchi uchrashuvning 89-daqiqasida maydonning o'z jamoasiga tegishli qismidan turib zarba yo'llagan holda raqib darvozasini ishg'ol qildi.
«Mavsumning eng chiroyli goli? Rahmat, gol haqiqatan ham ajoyib chiqdi, men juda xursandman. Darvozabon noqulay pozitsiyada turganini ko'rdim, shu bois shunchaki zarba berib ko'rishga qaror qildim va bu golga aylandi», — deya Gyulerning o'yindan keyingi intervyusidan iqtibos keltiradi Ispaniya OAVlari.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
178