«Napoli» himoyachisi «Barselona» bilan o'yinga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 371

Corriere dello Sport nashri xabariga ko'ra, "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali Chempionlar ligasi 1/8 finalining "Barselona"ga qarshi ikkinchi o'yiniga tayyor.
Eslatib o'tamiz, futbolchi ayni paytda jarohatdan so'ng formasini tiklab olishni davom ettirmoqda.
Ta'kidlanishicha, Kalidu uchrashuv o'tkaziladigan 18 martga qadar optimal holatda bo'ladi.
Biroq, himoyachi boshlang'ich tarkibda tushadimi yoki yo'q degan savol ochiqligicha qolmoqda.
Manba: Corriere Dello SportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278