Eder Sarabiya: "Arbeloa jasorat ko'rsatdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15

«Elche» bosh murabbiyi Eder Sarabiya «Santyago Bernabeu» stadionida qayd etilgan 1:4 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng Madridning «Real» klubi darajasi haqida o'z fikrini bildirdi.
Maydon egalari har bir taymda ikkitadan gol urishdi, mehmonlar esa bahs yakunida bitta to'p bilan javob qaytarishdi – bunga avtogol yordam berdi.
«Arbeloa yoshlar jamoasidan shuncha ko'p futbolchini maydonga tushirib, jasorat ko'rsatdi. «Real» har doimgidek barcha sovrinlar uchun kurashmoqda va ishonchim komilki, ular La Liga hamda Chempionlar Ligasida g'oliblikka asosiy da'vogar bo'lishadi», – deya Sarabiyaning so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172