«Futures Cup». Bugun 9 nafar bokschimiz finalda jang qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2105

Tailandning Bangkok shahri yoshlar o'rtasida "Futures Cup" xalqaro turniri bo'lib o'tmoqda. Musobaqada 20 nafar sportchi bilan ishtirok etgan O'zbekistonning 9 nafar a'zosi finalga etib keldi.
Bugun musobaqaning final bahslari bo'lib o'tadi.
Juftliklar bilan tanishing:
Kunduzgi dastur:
-60 kg: Rushanabonu Isoeva - Maeli Panizzutti (Frantsiya) 09:30
-75 kg: Samira Turg'unova - Maissa Kermezian (Frantsiya) 09:45
-80 kg: Asaloy Baxtiyorova - Aidana Udaidullaqizi (Qozog'iston) 10:00
-75 kg: Suhrob Rahmatullaev - Hamza Maqsatuli (Qozog'iston) 11:00
-90 kg: Asadbek Sultonboev - Jalgas Utebekov (Qozog'iston) 11:15
Kechki dastur:
-51 kg: Nazokat Mardonova - Chandrika Pujari (Hindiston) 13:30
-65 kg: Sevara Mamatova - Laurin Elmore (AQSh) 14:00
-85 kg: Sardorbek Bahromxo'jaev - Anxel Blankarte (AQSh) 15:30
+90 kg: Islom Salixov - Vladislav Samojonov (Qozog'iston) 15:45
Bahslar Toshkent vaqti bilan, birinchi dastur 09:00 da ikkinchi dastur 13:30 da start oladi.
Janglar vaqti taqdirlash marosimi sababli o'zgarishi mumkin.

Bosh sahifaga
176