Lukas Moura: «Biz o'zimizni juda yomon his qilyapmiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 377

"Tottenxem" yarimhimoyachisi Lukas Moura Chempionlar Ligasi 1/8 finalining ikkinchi o'yinida "Leyptsig"dan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
Biz o'zimizni juda yomon his qilyapmiz. Hammamiz juda xafamiz, chunki ushbu o'yinda g'alaba qozonib keyingi bosqichga o'tishimizga ishongan edik. Biz harakat qildik. Biz oxirigacha harakat qildik, kurashdik va bor kuchimizni berdik, ammo bu amalga oshmadi. Juda yaxshi jamoaga qarshi o'ynadik, ular g'alabaga loyiq edi, bu futbol. Endi biz boshimizni egmay oldinga intilishimiz va kurashni davom ettirishimiz kerak - deb aytib o'tdi Lukas Moura.
Manba: Mirror.co.ukFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282