Turkiya Superligasi. "Galatasaroy" bir kishi kam bo'lib qolgan "Bashakshehir" darvozasiga javobsiz 3 ta gol kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1871

Turkiya chempionati 26-turida "Galatasaroy" o'z maydonida "Bashakshehir"ni qabul qildi va yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
O'yinning 56-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Festi Ebosele ikkinchi sariq kartochkasini olgan holda maydonni tark etdi. Shundan so'ng mezbonlar 3 ta gol urishdi: 57-daqiqada Vilfrid Singo, 66-daqiqada Viktor Osimxen, 84-daqiqada Renato Nxaga gollarga mualliflik qilishdi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov "Bashakshehir" safida asosiy tarkibda maydonga tushdi va 70-daqiqada zaxiraga olindi. Abbosbek Fayzullaev qaydnomaga kiritilmadi.
"Galatasaroy" 64 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib oldi. "Bashakshehir" 42 ochko bilan 6-pog'onada.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200