Yamal «Barselona» prezidentlik saylovida kimni qo'llab-quvvatlashi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1314

«Barselona» vingeri Lamin Yamal ijtimoiy tarmoqlarda yangi post qoldirdi. 18 yoshli futbolchi Joan Laporta bilan birga tushgan suratini namoyish etdi. Yamal fotosurat ustiga «Barselona» klubi ranglaridagi yurakchalarni joylashtirgan.
Shu tariqa, Yamal klubdagi prezidentlik saylovlari oldidan Laportani qo'llab-quvvatladi. Saylovlar yakshanba kuni, 15 martda bo'lib o'tadi. Ushbu lavozimga ikkinchi nomzod — Viktor Font.
«Barselona» saylov kuni Ispaniya chempionati doirasida «Sevilya»ga qarshi maydonga tushadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193