FIFA va UEFA o'rtasidagi yangi nizo: Klublar o'rtasidagi JCh formati borasida kelishmovchilik
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1040

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino klublar o'rtasidagi jahon chempionati ishtirokchilari sonini ko'paytirishni, shuningdek, turnirning o'tkazilish chastotasini oshirishni istamoqda, deb xabar beradi The Times.
Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Infantinoning klublar o'rtasidagi jahon chempionatini kengaytirish bo'yicha har qanday urinishini — xoh jamoalar sonini oshirish, xoh musobaqani har ikki yilda bir marta o'tkazish orqali bo'lsin — to'sib qo'yadi. UEFA Evropadan ishtirok etadigan jamoalar sonining ehtimoliy ortishidan norozilik bildirmoqda.
O'tgan yilgi turnirda Evropaning 12 ta klubi ishtirok etgan edi, klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi esa finalda «PSJ»ni 3:0 hisobida mag'lub etgan «Chelsi» bo'lgandi.

Bosh sahifaga
188