La Liga. "Atletiko" - "Xetafe" uchrashuvi taqdirini yagona gol hal qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1298

«Atletiko» o'z maydonida Ispaniya chempionatining 2025/26 yilgi mavsumi 28-turi doirasida «Xetafe»dan ustun keldi — 1:0. Uchrashuv «Metropolitano» stadionida bo'lib o'tdi.
Yagona gol muallifi Nauel Molina bo'ldi. 55-daqiqada «Xetafe» himoyachisi Abdelkabir Abkar qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
«Atletiko» ketma-ket to'rtinchi o'yinda g'alaba qozondi va 57 ochko bilan La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. «Xetafe» 35 ochko bilan to'qqizinchi pog'onadan joy olgan.
Ispaniya La Ligasi. 28-tur
14.03.2026 | 20:15
«Tsivitas Metropolitano», Madrid
«ATLETIKO» — «XEGAFE» — 1:0
Gol: 55' 1:0 - N. Molina.
«Atletiko»: Musso, Ximenes, Langle, Pubil (Alvares, 66), Koke, Almada (Simeone, 66), Vargas (Lorente, 73), Gonsales, Molina, Baena (Grizmann, 73), Serlot (Lukman, 66).
«Xetafe»: Soriya, Abkar, Duarte (Riko, 83), Romero, Iglesias, Kiko Femeniya (Birmanchevich, 46), Dakonam, Arambarri (Martin, 74), Milya (Munos, 90), Satriano, Vaskes (Liso, 74).
Ogohlantirishlar: Serlot (55), Vargas (68), Molina (90) — Romero (60), Liso (77).
Chetlatish: Abkar 55 («Xetafe»).

Bosh sahifaga
192