«Inter» ketma-ket uchinchi o'yinda g'alaba qozona olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2426

«Inter» ketma-ket uchta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti.
Bugun Kristian Kivu jamoasi A Seriyaning 29-turida «Atalanta» bilan durang o'ynadi — 1:1. Oxirgi beshta o'yinda «neradzurrilar» bitta g'alabaga erishdi, ikkita mag'lubiyat qayd etdi va ikki bor durang o'ynadi.
«Inter» 68 ochko jamg'argan holda Italiya chempionati turnir jadvalida 1-o'rinni egallab turibdi. 22 mart kuni jamoa «Fiorentina» bilan to'qnash keladi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187