Senne Lammens o'yinlar oldidan g'alati odati borligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1190

«Manchester Yunayted» darvozasini qo'riqlayotgan Senne Lammens o'yin oldidan bajaradigan qiziqarli odati haqida gapirib berdi.
«Qizil iblislar» golkiperi ekipirovkalarini tez-tez almashtirib turishini va ularni har bir uchrashuvga alohida tayyorlashini tan oldi.
«Har bir o'yinga yangi juft qo'lqop kiyaman. O'yindan oldingi mashg'ulotdan avval qo'lqoplar to'pni yaxshiroq tutishi uchun ularni jakuzida ushlab turishni yaxshi ko'raman», — dedi Lammens.
Joriy mavsumda 23 yoshli darvozabon barcha turnirlarda 28 ta o'yinda ishtirok etib, 35 ta gol o'tkazib yubordi. Belgiyalik posbon beshta uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189