APLda 30-turning ikki uchrashuvi yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43

«Brayton» APLning 30-turi doirasida safarda «Sanderlend» ustidan g'alaba qozondi — 1:0.
Yagona gol muallifi Yankuba Minte bo'ldi. 21 yoshli gambiyalik futbolchi 58-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qildi.
«Brayton» (40 ochko) ushbu g'alabadan so'ng APL turnir jadvalida o'ninchi o'ringa ko'tarilib oldi. «Sanderlend» ham 40 ochkoga ega, biroq qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha «chaykalar»ga imkoniyatni boy berib, 12-pog'onaga tushib ketdi.
Angliya Premer-ligasi. 30-tur
14.03.2026 | 20:00
«Stadium of Light», Sanderlend
«SANDERLEND» — «BRAYTON» — 0:1
Gol: Minte 58 (0:1).
«Sanderlend»: Ellborg, Ballard (O`Nayen, 64), Alderete, Xyum, Gertreyda, Sadiki, Jaka, Diarra, Rigg, Talbi (Kirkin, 85), Brobbi (Mayenda, 78).
«Brayton»: Verbryuggen, Dank, van Xekke, Ferdi Kadioglu, Viffer, Milner, Gros, Xinshelvud (Ayyari, 88), Minte (De Keyper, 76), Gomes (Veltman, 90), Uelbek (O`Rayli, 90).
Ogohlantirishlar: Jaka (76) — Gomes (51), Minte (74).
Angliya Premer-ligasi. 30-tur
14.03.2026 | 20:00
«Terf Mur», Bernli
«BERNLI» — «BORNMUT» — 0:0
«Bernli»: Dubravka, Xartman (Lukas Pires, 74), Estev (Uorrall, 74), Xamfris, Uoker, Uord-Prouz, Loran (Ugochukvu, 88), Entoni, Mejbri, Foster (Edvards, 66), Flemming (Broyya, 88).
«Bornmut»: Petrovich, Tryuffer, Senesi, Xill, Smit (Ximenes, 61), Kristi (Adli, 61), Skott, Rayan (Enes Yunal, 87), Krupi (Bruks, 80), Taverner, Evanilson.
Ogohlantirish: Mejbri (75).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
226