A Seriya. "Inter" "Atalanta" bilan o'yinda ochko yo'qotdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

«Inter» o'z maydonida Italiya A Seriyasining 29-turi doirasida «Atalanta» bilan durang o'ynadi — 1:1.
26-daqiqada maydon egalari hujumchisi Franchesko Espozito hisobni ochdi. 83-daqiqada bergamoliklar Nikola Krstovichning goli evaziga muvozanatni tiklashdi.
«Inter» (68 ochko) A Seriya da peshqadamlikni saqlab turibdi va «Milan»ni 8 ochkoga ortda qoldirmoqda, biroq «qizil-qoralar»da bitta zaxira o'yini mavjud.
«Atalanta» (47 ochko) turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda.
Italiya A Seriya. 29-tur
14.03.2026 | 19:00
«Juzeppe Meatstsa», Milan
«INTER» — «ATALANTA» — 1:1
Gollar: Espozito 26 (1:0), Krstovich 82 (1:1).
«Inter»: Zommer, Akandji (de Vrey, 80), Karlos Augustu, Bissek, Zelinski, Suchich (Mxitaryan, 46), Barella (Frattezi, 76), Dimarko (Luis Enrike, 65), Dyumfris, Tyuram, Espozito (Bonni, 65).
«Atalanta»: Karnesekki, Jimsiti, Kolashinats (Xin, 65), Skalvini, Pashalich, de Ron (De Ketelare, 76), Bernaskoni, Dzappakosta, Samardjich (Ederson, 52), Zalevski (Sulemana, 65), Skamakka (Krstovich, 51).
Ogohlantirishlar: Suchich (21), Karlos Augustu (59) — Kolashinats (21), De Ketelare (90).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
206