"Siti" yulduzi: "Dunyoda eng zo'ri bo'lmoqchiman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6426

«Manchester Siti»da hujumkor yarim himoyachi sifatida to'p surayotgan Rayan Sherki o'zining shaxsiy maqsadlari haqida gapirib berdi.
Yarim himoyachidan kelajakda qanday futbolchi bo'lishni istashi haqida so'rashdi.
«Dunyoda eng zo'ri bo'lishni, bundan kamiga rozi emasman. Otam bilan garov bog'laganmiz, u menga shunday degandi: «Qaysi kuni sen «Oltin to'p»ni qo'lga kiritsang, o'sha kundan boshlab sen bilan futbol haqida gaplashishni to'xtataman», — dedi Sherki.
Joriy mavsumda frantsiyalik futbolchi barcha turnirlarda 38 ta uchrashuvda ishtirok etib, to'qqizta gol va 10 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196