«Chelsi» murabbiy oldiga qat'iy shart qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1030

«Chelsi» Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidayoq musobaqani tark etish xavfi ostida turibdi. Mehmonda «PSJ»dan qabul qilingan 2:5 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng londonliklarga vaziyatni o'nglash juda qiyin bo'ladi.
The Touchline nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, agar Liam Rosenor jamoasi ushbu bosqichda Chempionlar ligasidan chiqib ketsa, klub undan Premer-liga orqali keyingi mavsum uchun EChL yo'llanmasini qo'lga kiritishni talab qiladi. Agar bu vazifa bajarilmasa, Rosenor iste'foga chiqarilishi mumkin.
Klub Rosenorga ishonch bildirmoqda, biroq jamoa tarkibi Chempionlar ligasiga yo'llanma olish uchun etarlicha kuchli deb hisoblaydi. «Top-4»ga kirish — «Chelsi» rahbariyatining bazaviy minimal talabi.

Bosh sahifaga
188