Argentinalik yulduz «Real»ga o'tishni orzu qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 62

Yarim himoyachi Entso Fernandes «Chelsi»ni yaxshi ko'radi va klub muxlislaridan minnatdor. Shunga qaramay, argentinalik futbolchining joriy vaziyatdan hafsalasi tobora pir bo'lmoqda. Fernandesning fikricha, o'tgan yilgi Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi g'alabadan so'ng «Chelsi» o'sishga erishmadi, aksincha — regressga yuz tuta boshladi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.
Entso Fernandes sovrinlar yutishni istaydi. Agar yaqin vaqt ichida vaziyat yaxshilanmasa, xavbek yozda transfer imkoniyatlarini ko'rib chiqadi. Entso uchun asosiy variant — «Real Madrid».
25 yoshli Entso Fernandesning qiymati Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 90 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189