"Manchester Yunayted"da katta tozalov: Jamoani 10 nafar futbolchi tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1236

Shu yozda «Manchester Yunayted»ni 10 nafargacha futbolchi tark etishi mumkin. Bunga ayrim o'yinchilarning shartnomasi yakuniga etayotgani va klub boshqalar bo'yicha keladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyorligi sabab bo'lmoqda.
«Yunayted» o'zini ko'rsata olmayotgan bir qator transferlar, jumladan, Andre Onana, Altay Bayindir, Meyson Maunt, Joshua Zirkzee, Rasmus Xyoylund va Manuel Ugartelar bilan xayrlashishga rozi.
Shu bilan birga, Kazemiro, Jeydon Sancho va Tayrell Malasiya erkin agentga aylanadi. Klub esa Markus Reshfordning «Barselona»dagi ijarasi doimiy asosga ko'chishini yoki uning boshqa jamoaga o'tishini umid qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201