"Real" joriy yilning yozidayoq bomba transferni rasmiylashtirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 994

«Manchester Siti»ning norvegiyalik markaziy hujumchisi Erling Xoland Ispaniya chempionatiga yo'l olishi mumkin. Bu haqda One Football jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, norvegiyalik to'purarning xizmatlariga «Real Madrid» klubi qiziqish bildirmoqda. «Qirollik klubi» rahbariyati skandinaviyalik goleadorning transferini yozgi transfer oynasida amalga oshirishdan umidvor. Agar Xosep Gvardiola «shaharliklar» bosh murabbiyi lavozimini tark etsa, Xoland jamoadan ketishga qaror qilishi mumkin.
25 yoshli hujumchining bozor qiymati 200 million evroga baholanmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2034 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223