"Arsenal" futbolchisini "Yuventus" qo'lga kiritmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

Huquqlari Londonning «Arsenal» klubiga tegishli bo'lgan himoyachi Yakub Kivyor Italiya A Seriyasining top-klubida faoliyatini davom ettirish variantiga ega. Joriy mavsumda polshalik futbolchi ijara asosida «Portu» safida to'p surmoqda.
Tuttosport nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, Turinning «Yuventus» klubi himoyachini o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor. Shu bilan birga, «Portu» ham 25 million evro miqdoridagi sotib olish optsiyasini faollashtirish orqali futbolchini o'z safida qoldirishi mumkin.
Joriy mavsumda Yakub Portugaliya chempionatining 18 ta uchrashuvida ishtirok etdi. Polshalik futbolchi bitta golli uzatmani amalga oshirdi va bitta sariq kartochka oldi.
Kivyorning Portugaliya grandi bilan ijara shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga etadi.

Bosh sahifaga
223