«Manchester Yunayted» va «Chelsi» nemis iqtidoriga «oshiq» bo'lib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 635

«RB Leyptsig»ning nemis yarim himoyachisi Assan Uedraogo Evropaning ko'plab top-klublari qiziqishiga sabab bo'ldi. Bu haqda TEAMtalk nashri yozmoqda.
Futbolchi uchun asosiy da'vogarlar «Manchester Yunayted» va «Chelsi» bo'lib turibdi. Ammo Uedraogoning transferi imkoniyatlarini «Arsenal», «Liverpul», «Barselona», «Nyukasl Yunayted» va boshqa Evropa klublari ham ko'rib chiqishmoqda.
Futbolchining «RB Leyptsig» bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi va unda tovon puli haqida band mavjud emas. Ehtimol, nemislar yarim himoyachining transferi uchun 80 milliondan 100 million evrogacha mablag' talab qilishlari mumkin.
Hozirgi vaqtda Assan Uedraogo bor e'tiborini «Leyptsig»ga Chempionlar ligasiga yo'llanma olishda yordam berish va Germaniya terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasidan joy olishga qaratgan.

Bosh sahifaga
223