"Borussiya" Dortmund yulduzi "Real"dan taklif kutmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55

Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Niko Shlotterbek o'z kelajagi haqida bosh qotirmoqda.
Futbolchi bir qarorga kelishga shoshilmaslikni ma'qul ko'rmoqda. Shlotterbekka Madridning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda, biroq hozirgi vaqtda madridliklar futbolchi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqishgani yo'q. Himoyachi «Real»ga o'tishga ijobiy qaramoqda va Ispaniya klubining taklifini kutishga tayyor.
Dortmundning «Borussiya» klubi esa Niko Shlotterbekni qo'yib yuborishni istamayapti. Nemis klubi himoyachiga shartnomani uzaytirish bo'yicha «ambitsiyali» taklif tayyorlamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214