Arteta Saka haqida: «Uning jamoaga ta'siri shunchaki aql bovar qilmaydigan darajada»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa vingeri Bukayo Sakaning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Biz Bukayo Sakaga to'liq ishonamiz va uni yaxshi ko'ramiz. Uning o'z yoshida biz uchun, ushbu klub uchun qilayotgan ishlari shunchaki hayratlanarli va u jamoamizga katta ta'sir ko'rsatishda davom etmoqda. Umuman olganda, agar uning fazilatlariga va jamoaga olib kirayotgan shiddatiga (impuls) nazar tashlasangiz, bu shunchaki aql bovar qilmaydigan darajada», — deya Artetaning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Joriy mavsumda 24 yoshli Saka barcha turnirlarni hisobga olgan holda 39 ta o'yinda ishtirok etdi, to'qqiz bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
214