Mateus Nunes «Real»ga qarshi kambek haqida: «Hamma narsaning iloji bor»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

«Manchester Siti» futbolchisi Mateus Nunes uning jamoasi Madridning «Real» klubi bilan bo'lgan ilk o'yindagi 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng vaziyatni o'nglay olishiga ishonadi.
«Shaharliklar» Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki bahsida «Santyago Bernabeu»da yirik hisobda imkoniyatni boy berishdi. Javob uchrashuvi kelasi seshanba kuni «Etixad»da bo'lib o'tadi.
«Real»ga qarshi kambek? Hamma narsaning iloji bor. Oldinda butun boshli o'yin turibdi, unda har qanday voqea sodir bo'lishi mumkin. Biz ilgari ham Chempionlar ligasida bu kabi holatlarni ko'rganmiz», — deya Nunesning so'zlarini keltiradi Madrid Zone.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207