«Tottenxem» yulduzlari o'zlariga yangi jamoa qidira boshlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2587

«Tottenxem» yarim himoyachisi Xavi Simons va jamoa vingeri Muhammad Kudus o'z agentlariga yangi jamoa qidirishni boshlash vazifasini topshirdi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, har ikki futbolchi hamon «Tottenxem»ga Angliya Premer-ligasidagi o'rnini saqlab qolishda yordam berishga e'tibor qaratgan. Biroq, ta'kidlanishicha, Simons va Kudus jamoa quyi ligaga tushib ketgan taqdirda Chempionshipda o'ynashga tayyor emaslar, shu sababli har ehtimolga qarshi boshqa variantlarga ega bo'lishni xohlashmoqda.
29 turdan so'ng «Tottenxem» Angliya chempionati turnir jadvalida 29 ochko bilan 16-o'rinni egallab turibdi. «Shporlar»ning xavfli hududdan farqi bor-yo'g'i bir ochkoni tashkil etadi.

Bosh sahifaga
222