Ris Jeyms nega katta puldan voz kechganini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 650

«Chelsi» sardori Ris Jeyms yaqinda klub bilan shartnomasini uzaytirdi. 26 yoshli futbolchining «ko'klar» bilan yangi kelishuvi 2032 yilgacha mo'ljallangan.
«Boshqa joyda ko'proq pul ishlab topishim mumkinmidi? Ha, lekin pul — hamma narsa emas. Men uchun baxtli his qilish va o'zim xohlagan joyda o'ynash muhimroq», — deya yarim himoyada ham harakat qila oladigan o'ng qanot himoyachisining so'zlarini keltiradi jurnalist Kiran Jill.
Ris Jeyms futboldagi ilk qadamlaridanoq «Chelsi» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda futbolchi London jamoasi safida barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol va ettita golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200