Lorente: «Yuventus» Vlaxovichni olib qolishi kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

«Yuventus»ning sobiq hujumchisi Fernando Lorente klub forvard Dushan Vlaxovichni jamoada olib qolishi kerak deb hisoblaydi.
Serbiyalik futbolchining amaldagi kelishuvi joriy mavsum yakunida nihoyasiga etadi. So'nggi haftalarda tomonlarning yangi shartnoma imzolash niyati haqida xabarlar paydo bo'ldi, vaholanki, bundan avval futbolchining erkin agent sifatida ketishi deyarli aniqligi aytilayotgan edi.
«Menga Vlaxovich yoqadi va «Yuventus» u bilan shartnomani uzaytirishi kerak deb o'ylayman. U doimo raqib darvozasini ko'zlaydi va ko'p gol uradi. To'g'ri, u darvozaga orqa o'girib o'ynash va to'pni qabul qilish borasida o'z o'yinini kuchaytirishi mumkin, ammo, mening fikrimcha, u baribir ajoyib hujumchi», — deya Lorentening so'zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Skira.
Joriy mavsumda Vlaxovich «byankonerilar» safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol muallifiga aylandi.

Bosh sahifaga
198