"Odamlar ustimdan kulishi mumkin": Ouen APLning eng kuchli jamoasini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 676

Mashhur ingliz sobiq futbolchisi Maykl Ouen Angliya Premer-ligasida qaysi jamoani eng yaxshi deb hisoblashini aytdi.
"Shaxsan men "Liverpul"ni APLning eng yaxshi jamoasi deb hisoblayman. Odamlar ustimdan kulishi va "Ular nechanchi o'rinda? Oltinchimi?" deb savol berishi mumkin. Ammo har bir jamoaning eng yaxshi holatini o'zaro solishtirsangiz, "Liverpul" hammadan ustun keladi. Ular o'z formasida bo'lganida, "Enfild"da ularga qarshi o'ynashning deyarli iloji yo'q", – deya ingliz OAVlari Ouenning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Arne Slot jamoasi 29 turdan keyin 48 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining oltinchi pog'onasida bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222