Rosenor sobiq shogirdini "Chelsi"ga chorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 649

"Strasbur" yarim himoyachisi Valentin Barko klubini o'zgartirishi mumkin. Futbolchiga "Chelsi" jamoasi da'vogarlik qilmoqda.
Frantsiya chempionatining joriy mavsumida o'zini ko'rsatayotgan yosh argentinalik futbolchi Angliya poytaxtiga ko'chib o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda fichajes.net nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, "Chelsi" bosh murabbiyi Rosenor London klubining yarim himoya markazidagi rotatsiyani kuchaytirishni istaydi. U Barko bilan "Strasbur"dagi birgalikdagi faoliyati orqali yaxshi tanish.
Joriy mavsumda argentinalik futbolchi Frantsiya chempionatida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali xavbekni 25 mln evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
220